Mahsulot haqida
Servis oldindan to’lov asosida ishlovchi agregatorlar, marketpleyslar va yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi bizneslarga mo’ljallangan.
Servis ishlash tartibi:
- Xaridor to’lov kartasini tanlaganidan so’ng, biznes tegishli miqdordagi pul mablag’larini muzlatish bo’yicha so’rov yuboradi.
- Mahsulot yetkazib berilishi tasdiqlangangan so’ng, buyurtma summasi tekshiriladi va muzlatilgan summa to’lovga tasdiqlanadi.
- Muzlatilgan to’lov 30 kun ichida tasdiqlanishi lozim. 30 kun ichida to’lov tasdiqlanmasa yoki bekor qilinmasa pul mablag’lari avtomatik ravishda kartaga qaytariladi.
Servis yordamida biznes quyidagi qo’shimcha imkoniyatlarga ega bo’ladi:
- Servis xizmat yoki mahsulot taqdim etilgan so’ng to’lovni tasdiqlashdagi qulaylik;
- Buyurtma bekor qilinganda yoki mahsulot omborda mavjud bo’lmagan taqdirda pul mablag’lari oson tarzda xaridorga qaytariladi;
- Muzlatilgan mablag’lar tez va komissiyasiz qaytariladi.