Mahsulot haqida
KPI-bu biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun bulutga asoslangan ERP echimi. Tizimning asosiy maqsadi "qo‘lda" operatsiyalar sonini kamaytirish, ma'lumotlarni to‘plash va kompaniya ichidagi biznes jarayonlarini soddalashtirish orqali korxonaning umumiy samaradorligini oshirishdir.
Tizim quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi: CRM, kadrlar, buxgalteriya hisobi, loyihalarni boshqarish, hisobotlar, ish haqi va hujjatlar. Har bir modul alohida yoki boshqa modullar bilan birgalikda taqdim etilishi mumkin.