Mahsulot haqida
Servis nafaqat to’lovlarni onlayn qabul qilish, mijozlarga to’lovga hisob yuborish, qabul qilingan to’lovlarni biznes hisobraqamiga o’tkazish, shuningdek sotuvlar va to’lovlarni tahlil qilish va boshqa bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi.
Servisga ulanish orqali biznes quyidagi kanallar orqali tolovlarni qabul qilishi mumkin:
- Zoomrad mobil ilovasi;
- Mijozlarga to’lovga hisob yuborish orqali;
- biznesning web-sayti orqali;
- telegram bot orqali;
- biznes kassasidagi QR kod orqali.
Servis imkoniyatlari:
- To’lovlarni real vaqt rejimida kuzatish;
- Hisobotlar va sotuvlar statistikasini kuzatish;
- Servisga oson ulanish va bepul texnik qo’llab quvvatlash tizimi;
- To'lovlarni biznes va mijozlar uchun qulay tarzda qabul qilish;
- UZCARD va HUMO kartalarining barcha egalarini qamrab olish;
- Xaridorlar o’z kartalarini biznes mobil ilovasi va internet resurslariga biriktirishi va qulay tarzda to’lovlarni amalga oshirishi mumkin.