O‘rnatilgan Dibank UZ moduli (kutubxonasi) bilan 1C dasturiy majmuasi (buxgalteriya hisobi, ERP va boshqalar) mijoziga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun AloqaBank buxgalteriya tizimi bilan bevosita o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini beradi.
Korxonalarga toʻlov hujjatlarini xatolarsiz tayyorlashda va hisobvaraqlar harakati haqida maʼlumotni bir zumda olishda yordam beradi, shuningdek, bankka tashrif buyurishdan voz kechish va barcha moliyaviy jarayonlarni moslashuvchan boshqarish imkonini yaratadi.
Aloqabusiness ilovasi yordamida biznes o’zining hisobraqamlari va korporativ kartalarini boshqarishi, valuta operatsiyalarini amalga oshirishi, xodimlariga ish haqqilarini kirim qilishi va onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.