Mahsulot haqida
Biznes uchun internet-banking yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar - AloqaBank mijozlari uchun mo'ljallangan. Bu istalgan vaqtda, istalgan joyda hisoblaringizni boshqarishning oddiy va qulay usuli. Bizning yechimimiz yordamida siz bir vaqtning o'zida bir nechta tashkilotlaringizni bitta akkauntdan boshqarishingiz mumkin, jumladan:
- kontragentlar bilan so‘mda va chet el valyutasida to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirish
- muntazam to‘lov hujjatlari uchun shablonlarni yaratish
- real vaqt rejimida, shu jumladan SMS-xabarlar orqali hisobvaraqlar holati va pul oqimlari haqida ma'lumot olish
- ish haqi loyihalarini amalga oshirish
- konvertatsiya operatsiyalarini amalga oshirish
- Tashqi iqtisodiy faoliyati. Xorijiy kontragentlar foydasiga operatsiyalarni amalga oshirish. Valyuta nazorati uchun barcha hujjatlarni (shartnomalar, bitimlar, schyot-fakturalar va boshqalar) bankka taqdim etish.
- Bank bilan zarur hujjatlar almashish
- tranzaktsiyalarni ikki bosqichli tasdiqlash (to'lov hujjatlarini yaratish va imzolash) tufayli xavfsiz tarzda amalga oshirish.
- korporativ kartalarni to'ldirish
- davlat xizmatlarini onlayn tarzda olish