Mahsulot haqida
IOS va Android tizmidagi “AloqaBusiness” ilovasi AloqaBank mijozlari bo’lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mo'ljallangan. “AloqaBusiness” ilovasining afzalliklaridan biri bu ilova bir necha biznesni yagona akkauntdan boshqarish imkoniyati mavjudligidir.
“AloqaBusiness” ilovasining imkoniyatlari:
- Hisobraqam ma’lumotlarini ko’rish;
- Istalgan kun uchun kiruvchi va chiquvchi to’lov hujjatlarini ko’rish;
- To’lov topshiriqnomalarini yaratish;
- To’lov topshiriqnomalarini yaratish va ularni tasdiqlash bo’yicha 2 bosqichli tizim;
- To’lov hujjatlari uchun shablonlar yaratish;
- Korporativ kartalarni to’ldirishning qulay tizimi;
- Xodimlari kartalariga ish haqqilarini kirim qilish;
- Onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish.