Mahsulot haqida
Servis AloqaBank mijozlari uchun mo’ljallangan. Bank texnologik API yordamida toʻlov tashkilotlari va kompaniyalarga mazkur xizmatlar koʻrsatadi.
Xizmatdan foydalangan holda Biznes yetkazib beruvchilarga toʻlovlarni avtomatlashtirishi va oʻz hamkorlari uchun turli IT yechimlar yaratishi mumkin:
- To’lov tashkilotlari mobil ilovalarida foydalanuvchilar uchun onlayn to’lov qabul qilish bo’yicha shartnomaga ega bo’lmagan tashkilotlarga to’lov amalga oshirish imkoniyatini taqdim qilishlari mumkin.Shuningdek barcha merchantlar uchun onlayn to’lovlarni yagona E-POS terminal orqali qabul qilishlari va keyinchalik amalga oshirilgan to’lovlarni bank rekvizitlari bo’yicha mustaqil o’zlari taqsimlashlari mumkin.
- Marketpleyslar va agregatorlar mahsulot sotish yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun qabul qilingan to’lovlarni yetkazib beruvchilarga taqsimlashlari mumkin.
- Biznes servis yordamida mahsulot sotish yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun qabul qilingan to’lovlarni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlashlari mumkin.
Bank rekvizitlari asosida toʼlov amalga oshirish uchun servisga qabul qiluvchining nomi va bank hisobraqami, bank kodi va to’lov maqsadini kiritish yetarli.