Mahsulot haqida
Xizmat to’lov tashkilotlari uchun mo’ljallangan. Ximatdan foydalanish uchun to’lov tashkilotlari va bank o’rtasida E-POS terminallar taqdim etish, tranzaksion fayllarni qayta ishlash va amalga oshirilgan to’lovlarni bank rekvizitlari bo’yicha taqsimlash bo’yicha shartnoma tuziladi.
Xizmat boyicha to’lov tashkilotlari o’zlarining har bir merchantalari uchun alohida E-POS terminallari ochishlari mumkin. Bunda amalga oshirilgan to’lovlar bank rekvizitlari bo’yicha avtomatik ravishda taqsimlanadi yoki barcha merchantlar uchun onlayn to’lovlarni yagona E-POS terminal orqali qabul qilishlari va keyinchalik amalga oshirilgan to’lovlar bank rekvizitlari bo’yicha mustaqil o’zlari taqsimlashlari mumkin.
To’lovlarni yagona E-POS terminal orqali qabul qilish to’lov tashkilotlari uchun merchatlarni qisqa muddatda o’z servislariga ulash imkoniyatini taqdim etadi.